Skip to content

1-dars

BotFather

Birinchi navbatda telegramdan bot ochishimiz(ro'yxatdan o'tqazishimiz) kerak bo'ladi. Buning uchun Botfather Telegramning rasmiy botlarni ro'yxatdan o'tqazish botiga kirib /start ni bosamiz. Bot bizga bir qancha buyruqlari ro'yxatini chiqarib beradi. Biz shu buyruqlar ichidan /newbotni tanlaymiz. Bizga bot uchun nom kiritishni so'raydi. Bot uchun nom tanlab kiritasiz, keyingi qadamda bot uchun usernamekiritishni so'raydi. username kiritayotganingizda username oxiri bot so'zi bilan tugashi shart.

Miol uchun: meningtestbotimbot yoki meningtestbotim_bot.

Agar barchasini to'g'ri bajargan bo'lsangiz sizga API token beriladi. Bu token bot bizni bot dasturimiz va telegram botimiz o'rtasida bog'lanishni o'rnatishimiz uchun zarur.

Endi esa bot yozishimiz uchun kerak bo'ladigan kutibxonani o'rnatishni ko'rib chiqamiz.

Tavsiya

Bu darslar uchun alohida Python muhit(environment) dan foydalanishni favsiya qilinadi.

O'rnatish

pip install telebot
yoki
pip install pytelegrambotapi

Birinchi dasturimiz

start.py
1
2
3
4
5
6
7
8
import telebot
bot = telebot.TeleBot("TOKEN") # BotFather dan olgan API tokenimizni kiritamiz.

@bot.message_handler(commands=['start'])
def start(message):
    bot.send_message(message.chat.id, text="Hello world")

bot.polling()

Video