Shart operatori
Dastur tuzish davomida o'zgaruvchini qiymatiga qarab u yoki bu natijani qabul qilishga to'g'ri keladi. Bu o'z navbatida dasturni tarqmoqlanishiga olib keladi. Tarmoqlanishning qaysi qismi bajarilishi ayrim shartlarga qarab aniqlanadi. Bu tarmoqlarni boshqarish uchun shart operatori yordamga keladi.
Python
dasturlash tilida shart operatori sentaksisi quyidagicha:
if
agar, else
aks holda ma'nolarini anglatadi. shart
tekshirilishi lozim bo'lgan ifoda. Agar shart True(rost) bo'lsa operator1
bajariladi, aks holda ya'ni False(yolg'on) bo'lsa
operator2
bajariladi. Quyida misollar bilan ko'rib chiqamiz.
Agar shart True bo'lsa:
Natija:
Aagar shart False bo'lsa:
Natija:
Misollar
1-misol
Bu yerda if kalit so’zidan kiyin shart yozilyapdi ya’ni 5 va 3 sonlari taqqoslanyapdi. Bu yerda 5 soni 3 dan kata bo’lganligi sababli shart rost (True) qiymat qaytaryapdi natijada ekranga print() operatori bajarilyapdi. Agar taqqoslash amali > emas < bo’lganida print() operatori bajarilmasdi.2-misol
3-misol
4-misol
# else shart xato bo’lgan xol uchun
a = int(input('a = '))
if a < 10:
print("o'ndan kichik son")
else:
print("o'ndan katta son yoki o'nga teng")
5-misol
# bir nechta shartni tekshirish
a = int(input('Baxoyingiz? '))
if a == 5:
print("A'lo baxo")
if a == 4:
print("Yaxshi baxo")
if a == 3:
print("Qoniqarli baxo")
if a == 2:
print("Qoniqarsiz baxo")
else:
print("Bunday baxolash mezoni yo'q")
6-misol
# bir nechta shartni tekshirish
a = int(input('raqam kiriting? '))
if a == 1:
print('Dushanba')
elif a == 2:
print('Seshanba')
elif a == 3:
print('Chorshanba')
elif a == 4:
print('Payshanba')
elif a == 5:
print('Juma')
elif a == 6:
print('Shanba')
elif a == 7:
print('Yakshanba')
else:
print('Bunday hafta kun yo\'q')
7-misol
# if operatorining qisqa ko’rinishi
a = 5
b = 6
print('a b dan kichik') if a < b else print('a b dan katta')
8-misol
# bir nechta shartlarni birlashtirish
a = int(input('son kiriting '))
if a <= 10 and a >= 0:
print('10 va 0 orasidagi son')
elif a >= 10 and a <= 20:
print('10 va 20 orasidagi son')
elif a < 0:
print('Manfiy son')
9-misol
# sonni musbat yoki manfiyligini aniqlash
a = int(input('a = '))
if a > 0:
print('musbat')
else:
print('manfiy')
10-misol
# sonni juft yoki toqligini aniqlash
a = int(input('a = '))
if a % 2 == 0:
print('juft son')
else:
print('toq son')
11-misol
# ikkita sondan kattasini aniqlovchi dastur
a = int(input('a = '))
b = int(input('b = '))
if a > b:
print('a katta b dan')
elif a < b:
print('b katta a dan')
else:
print('ikkalasi teng')
Yuqorida berilgn barcha misollarni o'zingiz mustaqil ishlab chiqing, ishlash davomida o'zgartirish kiritib natijada qanday o'zgarish bo'lgani va sabablarini tushinishga harakat qiling. Keyingi bo'limda mustaqil ishlash uchun misollar berilgan, ularni o'zingiz mustaqil ishlang.