Skip to content

Mantiqiy operatorlar

Mantiqiy operatorlar

Mantiqiy operatorlar matematik operatorlar kabi, asosiy farqi mantiqiy operatorlar sonlar usida emas mantiqiy turlar ustida amallar bajaradi. Mantiqiy turlar True av False qiymatlarni qabu qiladi.

Mantiqiy operatorlar yuqorida aytilgan True va False qiymatlar ustida amallar bajaradi. Quyidagi jadvalda mantiqiy operatorlar va ularga misollar keltirilgan.

Operator Ta'rif Misol Natija (Boolean)
and mantiqiy ko'paytirish(AND) x and y Agar ikkala x va y rost(True) bo'lsa rost(True), aks holda yolg'on(False)
or mantiqiy qo'shish(OR) x or y x va y larning biri True bo'lsa True, aks holda False natija bo'ladi.
not mantiqiy inkor(NOT) not x x True bo'lsa False, x False bo'lsa True natija bo'ladi.

Mantiqiy operatorlarga ta'rif

  • not (inkor qilish) - mantiqiy operatori mantiqiy ifodalar yoki o'zgaruvchilar oldidan qo'yiladi. Mantiqiy ifoda yoki o'zgaruvchining qiymatini teskarisiga o'zgartiradi.
  • and (Mantiqiy ko'paytirish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar ikkala o'zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
  • or (mantiqiy qo'shish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar o'zgaruvchilardan kamida bittasi rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.

Mantiqiy inkor(not) jadvali

X not X
False True
True False

Mantiqiy qo'shish(or) va ko'paytirish(and) jadvali

X Y X and Y X or Y
False False False False
False True False True
True False False True
True True True True

Misollar

# Mantiqiy ko'paytirish(AND)
result_and = (True and False)
print("Mantiqiy ko'paytirish(AND):", result_and)

# Mantiqiy qo'shish(OR)
result_or = (True or False)
print("Mantiqiy qo'shish(OR):", result_or)

# Mantiqiy inkor(NOT)
result_not = not True
print("Mantiqiy inkor(NOT):", result_not)

Boshqa misollar

  • A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni musbat".
  • A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni toq son".
  • A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A soni juft son".
  • Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: ”A>2 va B<=3".
  • Ikkita butun A va В sonlari berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “A >= 0 yoki В < -2"

Munosabat operatorlar

Munosbata operatorlari ikki ifodani solishtirish uchun ishlatiladi. Misol uchun a o'zgaruvchisi bilan b o'zgaruvchisi qanday munosabatda a kattami yoki b, yoki tengmi? Shu munosabatlarni aniqlash uchun kerak bo'ladi. Munosabat amallari ikki xil qiymat qaytaradi bular True(rost) va False(yolg'on). Bu qiymatlar mantiqiy(bool) turida bo'ladi. Ma'lumot turlari haqida o'tgan Ma'lumot turlari mavzusida gaplashganmiz. Quyida boshqa operatorlar va misollar keltirib o'tdim.

Operator Ta'rif Misol Natija (Boolean)
== ga tenglik x == y Agar x, y ga teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi
!= ga teng emas x != y Agar x, y ga teng bo'lmasa True, aks holda False natija chiqadi
> dan katta x > y Agar x, y dan katta bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi
< dan kichik x < y Agar x, y dan kichik bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi
>= dan katta yoki teng x >= y Agar x, y dan katta yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi
<= dan kichik yoki teng x <= y Agar x, y dan kichik yoki teng bo'lsa True, aks holda False natija chiqadi

Misollar

# Teng
result_equal = (5 == 5)
print("Teng:", result_equal)

# Teng emas
result_not_equal = (7 != 3)
print("Teng emas:", result_not_equal)

# Dan katta
result_greater_than = (10 > 5)
print("Dan katta:", result_greater_than)

# Dan kichik
result_less_than = (3 < 8)
print("Dan kichik:", result_less_than)

# Dan katta yoki teng
result_greater_equal = (6 >= 6)
print("Dan katta yoki teng:", result_greater_equal)

# Dan kichik yoki teng
result_less_equal = (4 <= 9)
print("Dan kichik yoki teng:", result_less_equal)