Go da operatorlar
Go da bir nechta operator turlari mavjud, bular quyidagilar:
- Arifmetik operatorlari
- Munosabat operatorlari
- Mantiqiy operatorlari
- Bit operatorlari(Bitwise)
- Tayinlash operatorlari
- Ko'rsatkich(pointer) operatorlari
Endi har biriga navbat bilan to'xtalib o'tamiz.
Arifmetik operatorlari
Quyidagi jadval uchun A ni 10, B ni 20 deb oldik.
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
+ | Qo'shish | A + B, natija=30 |
- | Ayirish | A - B, natija= -10 |
* | Ko'paytirish | A * B, natija= 200 |
/ | Bo'lish | B / A, natija= 2 |
% | B ni A ga bo'lgandagi qoldiq | B % A, natija= 0 |
++ | Increment: Birga oshirish | A++, natija= 11 |
-- | Decrement: Birga kamaytirish | A--, natija= 9 |
Misol:
Munosabat operatorlari
Munosabat operatorlari ikki operant o'rtasidagi munosabatni tekshirish uchun qo'laniladi. Misol uchun A va B bir-biriga tengmi, yokki katta kichikligini tekshirish uchun hizmat qiladi. Quyidagi jadval uchun A ni 10, B ni 20 deb oldik.
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
== | Ikkila qiymatni bir-biriga tengligini tekshiradi. Agar teng bo'lsa true , aks holda false natija qaytaradi. |
(A == B), natija=false. |
!= | Ikkita qiymat bir-biriga teng emasligini tekshiradi. Agar teng bo'lmasa ture , aks holda false natija chiqadi. |
(A != B), natija=true. |
> | Agar chap tomondagi qiymat, o'ng tomondagidan katta bo'lsa true , aks holda false natija chiqadi. |
(A > B), natija=false. |
< | Agar chap tomondagi qiymat, o'ng tomondagidan kichik bo'lsa true , aks holda false natija chiqadi. |
(A < B) , natija=true. |
>= | Agar chap tomondagi qiymat, o'ng tomondagidan katta yoki teng bo'lsa true , aks holda false natija chiqadi. |
(A >= B) , natija=false. |
<= | Agar chap tomondagi qiymat, o'ng tomondagidan kichik yoki teng bo'lsa true , aks holda false natija chiqadi |
(A <= B), natija=true. |
Misol:
Mantiqiy operatorlari
- &&(AND) - mantiqiy ko'paytirish
- ||(OR) - mantiqiy qo'shish
- !(NOT) - mantiqiy inkor
Mantiqiy operatorlar matematik operatorlar kabi faqat asosiy farqi mantiqiy operatorlar sonlar utida emas mantiqiy turlar ustida amallar bajaradi.
Munosabat amallari ikki xil qiymat qaytaradi bular true(rost)
va false(yolg'on)
.
Bu qiymatlar mantiqiy(bool) turida bo'ladi.
Mantiqiy operatorlar yuqorida aytilgan true
va false
qiymatlar ustida amallar bajaradi.
Quyidagi jadval uchun A ni 1, B ni 0 deb oldik.
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
&& | Mantiqiy AND(va) operatori. Ikkala operandlar true bo'lsa true aks holda natija false bo'ladi. |
(A && B), natija=false. |
|| | Mantiqiy OR(yoki) Operatori. Ikkala operandlardan biri true bo'lsa true , aks holda natija false bo'ladi. |
(A || B), natija=true. |
! | Mantiqiy NOT(emas) Operatori. Mantiqiy inkor amali natijani qarama-qarshi natijaga o'zgartiradi. Agar natija true bo'lsa mantiqiy inkor amali false ga o'zgartiradi. |
!(A && B), natija=true. |
Mantiqiy operatorlarga ta'rif
- not (inkor qilish) - mantiqiy operatori mantiqiy ifodalar yoki o'zgaruvchilar oldidan qo'yiladi. Mantiqiy ifoda yoki o'zgaruvchining qiymatini teskarisiga o'zgartiradi.
- and (Mantiqiy ko'paytirish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar ikkala o'zgaruvchi ham rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
- or (mantiqiy qo'shish) - mantiqiy operatori ikkita mantiqiy o'zgaruvchini birlashtiradi. Agar o'zgaruvchilardan kamida bittasi rost qiymatga ega bo'lsa natija rost, aks holda yolg`on natija beradi.
Mantiqiy inkor(not) jadvali
X | not X |
---|---|
False | True |
True | False |
Mantiqiy qo'shish(or) va ko'paytirish(and) jadvali
X | Y | X and Y | X or Y |
---|---|---|---|
False | False | False | False |
False | True | False | True |
True | False | False | True |
True | True | True | True |
Misol:
Tayinlash operatorlari
Operator | Ta'rif | Misol |
---|---|---|
= | Oddiy tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi yig'inidi tayinlanadi. | C = A + B |
+= | Qo'shish va tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi yig'inidi tayinlanadi. Bu C = C + A ni qisqa ko'rinishi. |
C += A, C = C + A |
-= | Ayirish va tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi ayirma tayinlanadi. Bu C = C - A ni qisqa ko'rinishi. |
C -= A, C = C - A |
*= | Ko'paytirish va tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi ko'paytma tayinlanadi. Bu C = C * A ni qisqa ko'rinishi. |
C *= A, C = C * A |
/= | Bo'lish va tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi bo'linma tayinlanadi. Bu C = C / A ni qisqa ko'rinishi. |
C /= A, C = C / A |
%= | Qoldiqli bo'lish va tayinlash operatori. Chap tomondagi o'zgaruvchiga, o'ng tomondagi qoldiqli bo'lish natijasi tayinlanadi. Bu C = C % A ni qisqa ko'rinishi. |
C %= A, C = C % A |
Misol:
Eslatma
Yuqorida ko'rsatilgan misollarni barchasini ishga tushirib sinab ko'ring. Yaxshiroq tushinish uchun boshqa qiymatlar bilan sinab ko'ring. Shunda yaxshiroq natija olasiz. Hech qachon darslikdagi misollar bilan cheklanib qolmang.