Birinchi dasturimiz
Go muhitini sozlash
Go dasturlash tilida dastur yozishimiz uchun bizga ikkita asosiy dasturlar kerak bo'ladi.
- Matn muhariri
- Go kompilyator
Matn muhariri
Kod yozish uchun matn muharirlari bizga yetarli. Misol uchun Windows operatsion tizimida mavjud Notepad
, yoki VS Code
, Sublime text
kabi matn muharirlari.
Linux OT uchun esa tizimda mavjud vim
yoki vi
kabilar yetarli. Matn muharriri yordamida yaratilgan fayllar manba fayllar(source files)
deb ataladi. Ular dasturning manba kodini(source code)
o'z ichiga oladi. Go
dasturlari uchun manba fayllar odatda .go kengaytmasi bilan nomlanadi.
Matn muhariri ni o'rnatish uchun quyidagi saytlardan biriga tashrif buyuring:
Go kompilyator
Manba faylida yozilgan manba kodi dastur uchun inson o'qiy oladigan manba hisoblanadi. Bizning protsessorimiz dasturni berilgan ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirishi uchun uni kompilyatsiya qilish va mashina tiliga aylantirish kerak. Go dasturlash tili kompilyatori manba kodini yakuniy bajariladigan dasturiga kompilyatsiya qiladi.
Go ni o'rnatish uchun ushbu saytga tashrif buyuring: https://go.dev/doc/install
Birinchi dastur
Kod muharirini oching va main.go faylga quyidagi kodni yozing.
main.go | |
---|---|
Ishga tushirish va Natija olish
Yuqoridagi dasturni ishga tushirish uchun termenalga quyidagi buyruqni kiriting.
Natija:
Dastur tuzilishi
Xo'sh yuqoridagi birinchi dasturimizda nimalarni yozdik? qanday ishladi? Keling shu savollarga javob berib ketsak.
- Dasturning birinchi qatorida paket(package) nomi keltirilgan, bunday package nomi barcha go dasturlarida bo'lishi majburiy hisoblanadi. main package asosiy package hisoblanadi. Asosiy package dasturni ishga tushirish uchun hizmat qiladi.
- Uchunchi qatorda
fmt
package dasturga chaqirilyapdiimport
buyrug'i yordamida.fmt
package ekranga natija chiqarish va kiritish(I/O) uchun hizmat qiladi. - Dasturning beshinchi qatorida yozilgan
main()
bu asosiy funksiya hisoblanadi, dastur shu qismdan boshlab ishga tushadi. main() dan keyin kelgan{
belgi main funksiyasini boshlang'ich chegarasi hisoblanadi. - Olti qatorida
/*
va*/
orasida kelgan matn izoh deyiladi. Izohlar dastur ishlashi davomida inobatga olinmay ketiladi. Izohlarni dastur qismlarini izohlash uchun ishlatiladi. - Dasturning yettti qatorida berilgan
fmt.Println("Salom dunyo")
qism ekranga chop etiladigan qism hisoblanadi. Bu yerda bizfmt
package ichida joylashganPrintln()
funksiyasi yordamidaSalom dunyo
so'zini ekranga chop qilyapmiz. - Dasturning sakkiz qatorida kelgan
}
belgi beshinchi qatorda boshlanganmain
funksiyasini tugash chegarasi hisoblanadi. Ushbu chegarada yozligan barcha amallar main funksiyasiga tegishli deb hisoblanadi.
Izohlar
Izohlar - dasturining ma'lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda
hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni programmaning biror qismini yaxshiroq
tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh /*
va */
simvollari orasida beriladi.
/*
Bu yerga izoh yoziladi. */
Bundan tashqari bir satrli izohlardan ham foydalanish mumkin. Buning uchun izoh
boshiga "//" belgisi qo'yiladi.