Skip to content

SQL vs NoSQL

Kirish

Ma'lumotlar bazasini o'rganishni boshlagan boshlovchi SQL va NoSQL ma'lumotlar omborlarini farqini bilish muhimdir. Chunki har birini o'ziga xos afzalliklari va cheklovlari mavjud. Quyida har birini farqlarini ko'rib chiqamiz va qaysi biri sizni ehtiyojlaringizga mos kelishini aniqlab olasiz.

SQL ma'lumotlar bazasi

SQL(Structured Query Language) relyatsion ma'lumotlar bazasi sifatida ko'proq tanilgan. SQL aniq oldindan belgilangan tartibda ustun va satrlardan iborat jadvallarda saqlaydi. SQL ma'lumotlar bazalari kuchli va ishonchli tranzaksiyalarni qo'llab quvvatlaydi va ACID xususiyatlariga amal qiladi. Eng mashhur SQL ma'lumotlar bazalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • PostgreSQL
  • MySQL
  • MS SQL Server
  • Oracle SQL

SQL ma'lumotlar bazasini afzalliklari:

  • Oldindan belgilangan sxema: Aniq tartibdagi ma'lumotlar bazasi loyihlalari uchun.
  • ACID tranzaktsiyalari: Ma'lumotlarni mustahkamligi va ishonchliligini ta'minlaydi.
  • Murakkab so'rovlarni qo'llab-quvvatlash: SQL murakkab so'rovlarni qo'llab quvatlaydi, bir nechta jadvallardan ma'lumotlari JOIN lar orqali yig'ish mumkin.

SQL ma'lumotlar bazasini cheklovlari:

  • Oldindan belgilangan sxema: Ma'lumotlar strukturasini yangilash ko'p vaqt talab qiladi va ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.
  • Masshtablash: Gorizontal masshtablash va bir nechta serverlarga ma'lumotlarni taqsimlash qiyin
  • Ierarxik ma'lumotlar uchun mos emas: Ierarxik tuzilmalar uchun bir nechta jadvallardan foydalanishga to'g'ri keladi va JOIN lardan foydalanishgaham sabab bo'ladi. Bu ma'lumotlar bazasini tezligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

NoSQL ma'lumotlar bazasi

NoSQL(Not only SQL) ma'lumotlar bazasi ma'lumotlarni saqlash uchun qat'iy qoidaga amal qilmaydigan relyatsion bo'lmagan ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. NoSQL ma'lumotlar bazalari JSON hujjatlar, kaliq-qiymat ko'rinishida ma'lumotlarni saqlaydi. NoSQL ma'lumotlar bazalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • MongoDB
  • Cassandra
  • Redis
  • Couchbase

NoSQL bazasini afzalliklari

  • O'zgaruvchan sxema: Baza strukturasini ilovani ishlashini buzmagan holda oson o'zgartirishlar qilish.
  • Masshtablilik: Ma'lumotlarni bir nechta serverlarga bo'lish orqali gorizontal masshtablash (sharding).
  • Tezlik: Tez o'qish va yozish uchun loyihalangan va sodda so'rovlarga ega.
  • Katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash: Katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va real vaqtda ishlaydigan ilovalar uchun mos keladi.
  • Turli xil ma'lumotlar tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash: Turli xil NoSQL ma'lumotlar bazalari har xil turdagi ma'lumotlar turlarini qo'llab qo'vatlaydi kalit-qiymat, hujjat va graflar.

NoSQL bazasini cheklovlari

  • Cheklangan so'rovlar: Ba'zi NoSQL ma'lumotlar bazalari murakkab so'rovlarni mavjud emas.
  • Kuchli bo'lmagan mustahkamlik: Ko'pgina NoSQL ma'lumotlar bazalari ACID tamoyillari boshqa ma'lumotlar bazalariga qaraganda zaifroq mustahkamlik kafolatlarini ta'minlaydigan xususiyatlariga amal qiladi.

MongoDB NoSQL ma'lumotlar bazasi

MongoDB moslashuvchanlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. MongoDB ma'lumotlarni JSON hujjat(BSON) ko'rinishida saqlaydi, MongoDB turli xil va keng ko'lamli ma'lumotlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan zamonaviy ilovalar uchun ajoyib tanlovdir.