MongoDB nima?
MongoDB ochiq kodli hujjatga asoslangan ma'lumotlar bazasi bo'lim u yuqori unumdorlik va oson kengayish uslublarini taklif qiladi. MongoDB an'anaviy relyatsion bazalaridan BSON(Binary JSON) ustiga qurilganligi, moslashuvchan sxemasiz ma'lumotlar modelidan foydalanishi bilan ajralib turadi. Bu tuzilma bilan ma'lumotlarni oson saqlash va kerakli vaqtda oson o'qish imkonini beradi.
MongoDBning asosiy xususiyatlari
- Hujjatga yo'naltirilgan: MongoDB ma'lumotlarni JSONga o'xshash hujjatlarda (BSON formatida) saqlaydi, ya'ni ma'lumotlar model juda moslashuvchan bo'ladi.
- Masshtablilik: MongoDB avtomatik masshtablashni taklif qiladi, u gorizontal ravishda sharding (bir nechta serverlar bo'ylab ma'lumotlarin bo'lish) bo'yicha saqlaydi.
- Indekslash: So'rovlarni tez va samarali ishlashi uchun hujjatgi har qanday atributda indexlash imkonini beradi.
- Replikatsiya: MongoDB ma'lumotlar nusxalarini asosiy va ikkinchi boshqa serverlarda replika orqali saqlash imkonini beradi.
- Aggregatsiya: MongoDB o'zgartirish, filtrlash va saralash kabi murakkab ma'lumotlar operatsiyalarini bajarish uchun kuchli aggregatsiya tizimiga ega.
- Maxsus so'rovlarni qo'llab-quvvatlash: MongoDB maydon bo'yicha qidirish, oraliq diapazon bo'yicha va RegEx so'rovlar yzoish imkonini beradi.