MongoDB terminologiyasi
Ushbu shartlarni tushunish sizga MongoDB asoslarini tushunishga yordam beradi va o'rganish davomida qo'llanmalarni tushunushni osonlashtiradi. Terminlarni O'zbek tiliga tarjima qilmaslik tavfsiya qilinadi. Agar shunday xatoga yo'l qo'ygan bo'lmas iltimos usha qismni menga yuboring.
- Database: MongoDBda bir qancha Collectionlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bitta database minglab Collectionlar bo'lishi mumkin.
- Collection: Bir qancha Documentlar to'plami Collection deb yuritiladi. Relyatsion ma'lumotlar bazasida bu table deb yuritiladi.
- Document: MongoDB da collectionlar ichiga yozilgan hujjatlar to'plami. Relyatsion ma'lumotlar bazasida bu row deb yuritiladi.
- Field: MongoDBda Field tushunchasi Document ichida key-value(kalit-qiymat) justligi hisoblanadi. U har xil ma'lumotlarni jumladan string, number, array va boshqa turdagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Relyatsion ma'lumotlar bazasida bu column deb yuritiladi.
- Index: Indexlar qidiruv operatsiyalarini tezligini yaxshilaydigan ma'lumotlar tuzilmasi hisoblanadi. Bu tuzilma MongoDBda qidirish kerak bo'lgan documentlar sonini kamaytirish orqali documentlarni tezroq qidirish va saralash imkonini beradi.
- Query: MongoDBda query bazadan ma'lumot olish uchun ishlatiladi. Berilgan shart asosida collectionlardan ma'lum bir hujjat yoki hujjatlar to'plamini oladi.
- Cursor: Cursor so'rov natijalari to'plamiga ko'rsatgichdir. MongoDB collectionlariga query yuborganingizda, baza cursor obyektini qaytaradi. Cursorlar katta natijalar to'plamini nazorat qilishda ancha qo'l keladi.
- Aggregation: Collectionlarda saqlangan ma'lumotlarni umumlashtirish va o'zgartirish jarayoni. Murakkab hisob kitob va analitik querylarni bajaradi.
- Replica Set: Bir xil ma'lumotlar to'plamini saqlaydigan bir qancha MongoDB serverlar guruhi. Serverlar ichida bittasi asosiy ma'lumotlarni saqlaydigan server, qolganlari esa ikkinchi darajali serverlar hisoblanadi va asosiy serverdagi ma'lumotlarni takrorlaydi. Agar asosiy serverda muamo kuzatilib o'chsa, qolgan serverlardan biri asosiy server vazifasini bajaradi.
- Sharding: Bir nechta server mashinalari bo'ylab ma'lumotlarni saqlash usuli. Ya'ni bazani bir qancha qismlarga bo'lib bir nechta serverlarda saqlash, bu bilan serverga tushadigan yukni taqsimlash mumkin.
Agar siz sohada yangi bo'lsangiz, yuqorida sanab o'tilganlar sizga tushunarsiz bo'lishi mumkin. Bu albatta tabiy hol, shunchaki nazariy jixatdan bilib qo'yishni o'zi hozircha yetrali. Chuquroq o'rganish davomida bilib olasiz. Hozircha sizga Maroqli o'rganish tilayman :)