NoSql(Not Only SQL yoki No Sql)
NoSql(Not Only SQL): tushunchasi 2009-yildan boshlab mashhur bo'la boshladi. Aynan o'sha davrda web texnologiyalar va ijtimoiy xizmatlar ma'lumotlarni saqlash va ular ustida amallar bajarish usullari rivoji uchun yangi turtki berdi. Bunday loyiha yaratuvchilari odatiy ma'lumotlarni saqlash tizimlari mos kelmaydigan yoki juda ham qimmatlik qiladigan masalalarini hal qilishlariga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, bunday ma'lumotlar omborini boshqa yangi turdagi ma'lumotlar omboriga almashtirishga startapchilar va "Big Data"lar bilan ishlovchilar sababchi bo'lishdi. Shuni tushunish kerakki, NoSQL bu odatiy ma'lumotlar omboridan butunlay voz kechish emas. Odatda biron bir ish quroli ma'lum bir muommoni hal qilish uchun eng qulay bo'lganligi uchun tanlanadi. NoSQL haqida gapirishgandi odatda quyidagi ustunliklarini sanab o'tishadi.
-
Masshtablanuvchanlik: Odatiy ma'lumotlar omborida mavjud bo'lgan gorizontal masshtablash juda katta mehnatni, juda katta moliyaviy resurslarni talab qiladi va albatta faqat ma'lum turdagi masalalarni hal qilish uchun mos keladi holos. Ko'plab NoSQL ma'lumotlar omborlari esa aynan gorizontal masshtablashni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Va bu masshtablashni hech qanday qiyinchiliklar amalga oshirish mumkin bo'ladi.
-
Ishlash tezligi: Ma'lumotlar ombori klasterda emas balki bitta tugundaligi ham asosiy parametrlardan biri hisoblanadi. Ko'plab masalarni hal qilish uchun odatiy ma'lumotlar omborlarini tranzaktsionlik, o'zgarishlarni ajratish, bitta tugundan tashqaridagi ishonchliligi va aynan bog'langa ma'lumotlar omborlari kerak bo'lmasligi. Shu sababli shu xususiyatlaridan butunlay yoki qisman voz kechishlik NoSQLga bitta tugunda katta tezlikga erishishga yordam beradi.